Logo
Logo

Suv soati

A. Kirish

Vaqtni davriy yoki uzluksiz fizik jarayonlar yordamida o'lchash mumkin. Zamonaviy atom soatlari paydo bo'lishidan oldin vaqtni o'lchash uchun quyosh soatlari, mayatnikli soatlar va suv soatlari kabi turli usullardan foydalanilgan.

Suv soati vaqtni suvning nazorat ostidagi oqimi orqali o'lchaydi. Ushbu tajribada siz suv oqimining tezligini aniqlovchi fizik prinsiplarni o'rganib, ularni suv soati yasashda qo'llaysiz.

B. Tajriba jihozlari

Quyidagi uskunalar taqdim etiladi:

1. A idish (pastki idish, klapan va ikkita tiqinli teshik bilan jihozlangan)


2. B idish (yuqori idish, suv ta'minoti uchun va bitta tiqinli teshik bilan)


3. Idish uchun tayanch


4. Suv yig'ish uchun idish


5. Ikki butulka suv idishi, har biri 2 l dan, (rasmda ko'rsatilmagan)


6. Sifon nasosi


7. Sekundomer


8. Menzurka


9. Chizg'ich


10. Suvli daraja (pufakli daraja)


11. Sozlanadigan tayanch poydevor (taglik)


12. Sochiq (rasmda ko'rsatilmagan)

*Sochiq sovgʻa sifatida beriladi, imtihon tugagach olib ketishingiz mumkin.

None

Taglikni sozlash

Sozlanadigan tayanchning plastinkasi ostida to'rtta vintl mavjud. Har bir vint balandligini uni aylantirish orqali o'zgartirishingiz mumkin.

None

Sifon nasosi

Agar suv idishi ko'p suv bilan to'lsa, uni sifon nasosi yordamida chiqarishingiz mumkin. To'g'ri shlangni suvga soling, egiluvchan shlangni esa suv idishiga(yoki butulkaga) joylashtiring. Keyin qizil tutqichni bosib, suvni suv idishiga o'tkazing.

ESLATMA:

Balandliklarni toʻgʻri oʻlchash uchun, har bir oʻlchash ishlarini boshlashdan oldin sozlanuvchi taglik va idishlar tekis turganiga ishonch hosil qiling.

Qurilmaning suzib ketishini oldini olish uchun suv yigʻuvchi idishni muntazam ravishda boʻshatib turing.

Javoblar varaqasiga yozishdan yoki boshqa tajriba uskunalarini ushlashdan oldin qoʻllaringizni quriting.

Agar suv sizib chiqishi, nosozlik yuz bersa yoki teshik tiqini yoʻqolsa, darhol nazoratchiga xabar bering.

C. Tajriba

Klapan orqali suvni chiqarish

1. Sozlanadigan taglikni suv yig'ish idishiga joylashtiring.

2. Burama vintlatni sozlash orqali sozlanadigan taglikni gorizontal turg'un holatga keltiring.

3. Idish tayanchini sozlanadigan taglikka o'rnating.

4. A idishni tayanchga joylashtiring.

A idishda uchta chiqish mavjud: diametri 5 mm bo'lgan bitta teshik, bitta diametri 4 mm bo'lgan teshik va ichki diametri 4 mm bo'lgan bitta kran.

A qismda faqat kranni ishlating.

A1  0.50 A idishning ichki o'lchamlarini o'lchang. Idishdagi kenglik, uzunlik va suv sathi shkalasining bo'limlari orasidagi masofani o'lchang. Eng pastki bo'linma kran va teshiklarning markazidan boshlanishiga eʼtibor bering.

A2  1.00 A idishni suv bilan 5.0 cm balandligacha to'ldiring. Kranni to'liq oching. Suv sathi 5.0 sm dan 4.0 sm gacha pasayishi uchun ketadigan vaqtni oʻlchang. O'lchash xatoligini toping. Suvning balandligini o'lchash uchun idishdagi shkaladan foydalaning.

A3  1.50 A.2 banddagi o'lchovlarni dastlabki suv balandligi 3 cm dan katta bo'lgan kamida to'rt xil holatlar uchun takrorlang. Pastroq boshlang'ich balandliklarda, masalan 1 dan 3 cm gacha, tajriba juda ko'p vaqt oladi. Har bir o'lchov uchun tajriba ma'lumotlaringizni va suv balandligining 1.0 cmga pasayishi uchun ketgan o'rtacha vaqtni yozing.

A4  1.00 Suvning har bir boshlang'ich balandligi uchun uning balandligi 1 sm ga pasayishida, suvning kran orqali tashqariga oqib chiqish oʻrtacha tezligi $v_v$ ni toping.

ESLATMA: Sizga taqdim etilgan kalkulyatordan foydalanishingiz mumkin.

A5  1.00 O'rtacha tezlik quyidagini tenglamani qanoatlantiradi deb faraz qiling

$$v_v = C_1 h^x$$
$x$ koʻrsatkichini aniqlash uchun mos keladigan grafik chizing. Grafigikdan $x$ qiymatini toping?

$x$ koʻrsatkichini aniqlash uchun boshlangʻich va yakuniy balandliklar orasidagi oʻrta qiymatdan foydalanish maʼqulroq ekanligiga eʼtibor bering.

Teshik orqali suvning chiqishi

Bu qismda A idishdagi diametri 4 mm boʻlgan kichikroq teshikdan foydalaning. A qismda ishlatilgan kran esa yopiq boʻlishi kerak.

B1  1.50 Kamida beshta turli dastlabki suv balandligi h uchun suv sathining 1.0 cm ga kamayishi uchun ketgan vaqtni o'lchang.

B2  0.50 Suvning har bir boshlang'ich balandligi uchun uning balandligi 1 sm ga pasayishida, suvning teshik orqali tashqariga oqib chiqish oʻrtacha tezligi $v_v$ ni toping.

A.4 da foydalangan usuldan foydalaning.

B3  1.00 Kran va teshik orqali chiqayotgan suvning tezliklari $v_v$ va $v_h$ ni oʻzaro solishtiring.

$v_v = C_2 v_h$ deb faraz qiling

$C_2$ doimiyni aniqlang.

Suv soatini yasash

A va B idishlardan foydalanib suv soatini yig'ing.

Idishlarni quyidagicha joylashtiring:

A idish (kranli) pastda joylashtiriladi.

B idish (5 mm teshikli ) yuqorida joylashtiriladi.

B idishA idishga suvni yetkazib beradi.

A idishdagi suv to'liq ochilgan kran orqali chiqariladi.

Barqaror ishlashi uchun A idish to'la bo'lishi va/yoki B idishdan chiqayotgan suv tufayli toʻlib(toshib) turishi kerak.

C1  1.00 A idishni toʻla yoki toʻlib-toshib turgan holatda ushlab turish uchun zarur boʻlgan, B idishdagi teshik markazidan hisoblanadigan minimal suv balandligi $h_c$ boʻlsin. $h_c$ ning qiymatini topishga imkon beradigan tajriba sxemasini taklif qiling.Tajribadagi barcha maʼlumotlaringizni yozib boring va tajriba natijangizga koʻra $h_c$ ni hisoblang.

C2  1.00 Suv soatining ishlashini taʼminlash uchun B idishni davriy ravishda toʻldirib turish kerak. Suv soatining uzluksiz ishlashini saqlab qolgan holda, B idishni ketma-ket to'ldirishlar orasidagi maksimal vaqt intervalini aniqlaydigan tajriba sxemasini taklif qiling. Tajribadagi barcha maʼlumotlaringizni yozib boring va tajriba natijangizga koʻra bu vaqtni hisoblang.