Ushbu topshiriqda siz micro:bit kontrolleriga o‘rnatilgan ARU (analog-raqamli o‘zgartirgich) yordamida kuchlanishni o‘qish orqali noma’lum qarshilikni aniqlaysiz (garchi uning aniqligi cheklangan bo‘lsa ham). Asosiy maqsad — mavjud uskunalar yordamida o‘lchash xatoligini minimal darajaga tushirishdir. Sizga ishdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tizimli xatoliklarni kompensatsiya qilish (o‘rnini qoplash) uchun uchta micro:bit kontrolleri berilgan. Umuman olganda, bu vazifa qurilmaning cheklovlarini yengib o‘tish va ishonchli natijalar olish haqidadir.
1. Maket plata(Breadboard): Eksperimental sxemalaringizni yig'ish va ulash uchun ishlatiladigan taxtadir. Maket plata (breadboard) ikkala tashqi cheti bo'ylab quvvat liniyalaridan iborat bo'lib, u yerda quvvat (+) va yerga ulash (-) manbasini yetkazib berish uchun teshiklar butunlay vertikal ustunlar shaklida o'zaro bog'langan. O'rtadagi komponentlar (detallar) joylashadigan maydonda esa teshiklar har biri aniq beshtadan iborat gorizontal qatorlar (A–E va F–J) ko'rinishida ichki ulanishga ega. Bu chap va o'ng tomondagi besh teshikli guruhlar o'rtadan pastga qarab o'tgan markaziy ajratgich (ariqcha) orqali bir-biridan butunlay izolatsiyalangan (ajratilgan).
2. Yuqori aniqlikdagi rezistor to'plamlari (A, B, C va D): 0,1% xatolik chegarasiga ega bo'lgan yuqori aniqlikdagi komponentlar; ma'lum rezistorlar tizim aniqligini tekshirish uchun "haqiqiy qiymatlar" sifatida xizmat qiladi, noma'lum rezistorlar esa eksperimental aniqlash uchun rangli naychalar bilan o'ralgan — ya'ni, yashirin qiymatlarni aniqlash maqsadida bu qoplamalarni olib tashlash yoki shikastlashga bo'lgan har qanday urinish imtihon qoidabuzarligi sifatida qat'iy jazolanadi.
3. Micro:bit platasi, kengaytirish platasi (3a), oldindan ulangan uchta ulagich simi (3b, 3c, 3d) hamda AAA gidroksidli (ishqorli) batareyalar bilan jihozlangan batareya g'ilofidan (3e) iborat bo'lgan to'liq mikrokontroller jamlanmasi.
1. Sim ulanish bo'yicha qo'llanma (1-rasmga qarang)
Kengaytirish platasidagi uchta jumper simni ularning vertikal pozitsiyalariga muvofiq ulang:
Maqsad Micro:bitning raqamli chiqishi ($N$) va tugun potensiali ($V$) o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganishdir. A qarshiliklar to'plamidagi sakkizta bir xil rezistor yordamida tarmoq tuzib, yig'ilgan ma'lumotlarga asoslanib, ichki ADC haqiqatan ham ideal chiziqli modelga mos keladimi-yo'qligini tekshirasiz. O'lchov jarayonida Micro:bit o'lchov simini sxemaning potensial taqsimotiga aralashmaydigan ideal zond deb hisoblang. Barcha rezistorlar bir xil qiymatga ega deb faraz qilib, bu bo'lim tashqi o'lchov qurilmalaridan foydalanmasdan, ma'lumotlarni sxemaning tuzilish xususiyatlari bilan solishtirish orqali kuchlanish va ADC ko'rsatkichlari o'rtasidagi proporsional munosabat haqiqatan ham mavjudligini mantiqan aniqlashni maqsad qiladi.
A1
0.60
Eksperimental dizayn va zanjir sxemalari
Belgilangan eksperimental maqsadlarga erishadigan qarshiliklar zanjirini loyihalashtiring va unga mos keladigan zanjir sxemasini taqdim eting. Sxemani chizishda quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling:
Potensial (kuchlanish) o'lchovlari olingan barcha tugunlarni belgilang va ularning har biriga unikal identifikator bering (masalan: $a, b, \dots$).
Micro:bit kengaytirish platasining quvvat ulagichlari ($V_c, GND$) hamda qarshiliklar tarmog'i o'rtasidagi ulanish nuqtalarini mos ravishda $V_c$ va $ GND$ deb aniq belgilang.
A2
0.60
Ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish
Barcha tugunlar uchun o'lchov ko'rsatkichlarini olish maqsadida, loyihalashtirilgan zanjirda bitta Micro:bit qurilmasidan foydalangan holda eksperiment o'tkazing. Chiziqlilikni (linearlikni) tekshirish uchun yonma-yon (qo'shni) tugunlar o'rtasidagi ADC o'lchovlarining farqini hisoblang hamda chiziqlilikni maksimal 2% lik chetlanishga (istalgan alohida qiymat nuqtasi va qiymatlar to'plamining o'rtacha qiymati o'rtasidagi eng katta farqqa) asoslanib aniqlang.
[Keyingi tajribalar uchun koʻrsatmalar]
A qismni yakunlaganingizdan soʻng, eksperimentda foydalanilgan rezistorlarning faqat ikkitasini olib qoling va qolgan barchasini oʻzining asl qutisiga ("A rezistorlar toʻplami"ga) qaytarib qoʻying. Bu keyingi eksperimental jarayonlarda ularning boshqa komponentlar (detallar) bilan aralashib ketmasligini ta'minlash uchun zarur.
Ushbu qismning maqsadi — qarshiligi maʼlum bo'lgan etalon $R$rezistor va Micro:bit-ning ADC chiqish qiymatidan foydalangan holda, nomaʼlum qarshilik $r$ ning qiymatini baholashdir. Tahlil qilish uchun quyidagi farazlar qabul qilinadi:
B1
0.50
Zanjir dizayni va sxemalari
Noma'lum rezistor ($r$) qiymatini ma'lum etalon rezistor $R$ yordamida o'lchash uchun o'lchov zanjirini loyihalashtiring. Unga mos keladigan zanjir sxemasini taqdim eting.
Eslatma: Etalon rezistor $R$ to'g'ridan-to'g'ri GND tuguniga ulangan bo'lishi kerak. Barcha o'lchov tugunlarini harflar bilan belgilang va zanjir sxemasidagi barcha tegishli o'zgaruvchilarni ko'rsating. Micro:bit kengaytirish platasining quvvat ulagichlari ($V_c, GND$) hamda rezistorlar tarmog'i o'rtasidagi ulanish nuqtalarini mos ravishda $V_c$ va $ GND$ deb aniq belgilang.
B2
0.50
Hisoblash formulalarini keltirib chiqarish.
Kuchlanish bo'luvchi qoidasidan foydalanib, noma'lum qarshilik uchun ifodani keltirib chiqaring. Ishni tugun potensiallari o'rtasidagi bog'liqlikni o'rnatishdan boshlang va $N_L $, $N_H$ va shunga o'xshash ADC chiqish qiymatlari orqali yakuniy formulani keltirib chiqaring. So'ngra, formulani $N_L= 0$ va $N_H =1023$ holatlari uchun qaytadan yozing.
B3
1.00
Tajriba va maʼlumotlar tahlili
Uchta Micro:bit yordamida oʻlchovlarni bajaring, har bir qurilma uchun har bir tugundan bittadan koʻrsatkich oling va maʼlumotlarni yozib oling. Maʼlum va nomaʼlum qarshiliklarning haqiqiy qiymatlari $3.3\text{ k}\Omega$ deb hisoblab, baholangan qarshilik qiymatlarining 3 ta ADClar bo'yicha oʻrtacha nisbiy xatoligini $\bar{\epsilon}$ va nisbiy standart ogʻishini (RSD) hisoblang. O'rtacha nisbiy xatolik — bu o'lchangan va haqiqiy qiymatlar o'rtasidagi og'ishning o'rtacha modulidir va u haqiqiy qiymatga nisbatan normallashtiriladi . RSD (nisbiy standart og'ish) esa standart og'ishning o'rtacha qiymatga bo'lgan nisbatidir.
B4
0.60
Xatolik taʼsiri tahlili
ADC oʻlchov xatoligi $e$ baholangan qarshilikning aniqligiga qanday taʼsir qilishini tahlil qiling. Soddalik uchun $N_{L}=0$ va $N_{H}=1023$ deb hisoblang. Natijada yuzaga keladigan qarshilik xatoligi $\Delta r$ ning $N,e$ va $R$ orqali ifodalangan bogʻliqligini keltirib chiqaring. $e$ qiymati $N$ ga nisbatan yetarlicha kichik deb hisoblang.
[Keyingi tajribalar uchun koʻrsatmalar]
B qismni yakunlaganingizdan soʻng, barcha komponentlarni oʻzining asl qutisiga ("A rezistorlar toʻplami"ga) qaytarib qoʻying. Bu keyingi eksperimental jarayonlarda ularning boshqa detallar bilan aralashib ketmasligini ta'minlash uchun zarur..
Ushbu tajriba diskretlashtirish xatosi tufayli B bo'limidagi asosiy usul yetarli bo'lmaydigan sharoitlarda qarshilikni aniqroq baholashni maqsad qiladi. Diskretlashtirish xatosi – bu analog-raqamli konverter (ADC)ning cheklangan aniqligi tufayli uzluksiz analog kirish signali bilan uning diskret, raqamlashtirilgan ifodasi o'rtasidagi farqdir. Qarshiliklar nisbati ($r/R$) 1 dan sezilarli darajada farq qilganda, diskretlashtirishtirish xatosi (ADC o'qishidagi bitta bosqich farqi) nisbatan kuchayib, baholangan qarshilikda katta xatoliklarga olib keladi. Ushbu qismda "C rezistorlar to'plami"dan foydalaniladi.
C1
0.60
Boshlang'ich qarshilikni baholash va statistik tahlil
"C rezistorlar to'plami"dagi etalon rezistordan ($12\text{ k}\Omega$) foydalanib, B qismdagi usulingiz asosida mos ravishda noma'lum $r_1$ (ko'k trubka) va $r_2$ (qizil trubka) rezistorlarining qiymatlarini baholang. Uchta Micro:bit qurilmasidan biri uchun hisoblangan qarshilik qiymatini aniqlang.
C2
0.60
Aniqlikni oshirish uchun tajriba dizayni
C.1 banddagi natijalarga koʻra, nomaʼlum $r_2$ (qizil trubka) rezistori uchun olingan baholangan qiymatlarning aniqligi yoki ishonchliligi butunlay qoniqarli boʻlmasligi mumkin. Bu baholash xatoligining qarshiliklar nisbatiga ($r/R$) bogʻliq holda U-simon egri chiziq boʻylab oʻzgarishi kabi fizik xususiyat bilan bogʻliq. Ushbu muammoni hal qilish va $r_2$ ning aniqroq qiymatini olish uchun tajriba sxemasini loyihalang hamda $R, r_1, r_2$ qatnashgan zarur zanjir sxemalarini taqdim eting.
Eslatma: Barcha sxemalarda oʻlchov tugunlari va unga tegishli oʻzgaruvchilar aniq belgilanishi kerak. Micro:bit kengaytirish platasining quvvat uladichlari ($V_c, GND$) va rezistorlar tarmogʻi (resistor network) oʻrtasidagi ulanish nuqtalarini mos ravishda $V_c$ va $ GND$ deb aniq belgilang.
[Keyingi eksperimentlar uchun koʻrsatmalar]
C qismni yakunlaganingizdan soʻng, barcha komponentlarni oʻzining asl qutisiga ("C rezistorlar toʻplami"ga) qaytarib qoʻying. Bu keyingi eksperimental jarayonlarda ularning boshqa detallar bilan aralashib ketmasligini ta'minlash uchun zarur.
D rezistorlar toʻplami tarkibida maʼlum $R_1(=510 \text{ k} \Omega)$ rezistori va nomaʼlum $r$ rezistori mavjud. B qismdagi oddiy baholash usulini qoʻllash oʻlchovda sezilarli xatoliklarga olib kelishi mumkin. Ushbu topshiriqda kuzatiladigan nomuvofiqliklar mutlaqo boshqa fizik omil tufayli yuzaga keladi — bu omil ADC chiziqli boʻlmagan va diskretlashtirish xatoliklarining kuchayishi (C qism) kabi omillardan tubdan farq qiladi. Sizning vazifangiz ushbu asosiy (yashirin) omilni aniqlash va $r$ ning aniq qiymatini baholashga erishish uchun oʻlchov strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.
D1
0.80
Zanjir dizayni va sxemalari
Nomaʼlum $r$ rezistorni baholash aniqligini oshirish usulini ishlab chiqing va unga mos keladigan zanjir sxemasini taqdim eting.
Eslatma: Sxemada barcha oʻlchov tugunlari va unga tegishli oʻzgaruvchilarni belgilang. Micro:bit kengaytirish platasining quvvat jumperlari ($V_c, GND$) va rezistorlar tarmogʻi (resistor network) oʻrtasidagi ulanish nuqtalarini mos ravishda $V_c$ va $ GND$ deb aniq belgilang.
D2
1.80
Baholash formulalarini keltirib chiqarilishi
Oʻzingiz loyihalagan zanjir dizayniga asoslanib, nomaʼlum qarshilik $r$ ni hisoblash uchun matematik ifodalarni keltirib chiqaring. Ishni tugun potensiallari va $r$ oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrnatishdan boshlang, soʻngra ADC (RAO) chiqish qiymatlari ($N_H , N_L, ,,,$) qatnashgan yakuniy formulani keltirib chiqaring.
D3
0.80
Tajriba va maʼlumotlar tahlili
Oʻz loyihangizni amalga oshiring va $r$ ning qiymatini baholang. Uchta Micro:bit-ning har biri uchun baholangan qarshilik qiymatini hisoblang, ularning oʻrtacha qiymatini ($\bar r$) keltirib chiqaring va baholangan qarshiliklarning maksimal hamda minimal qiymatlari oʻrtasidagi farqni hisoblang.